Qidiruv e’lon qilingan g‘ijduvonlik firibgar Ukrainada ushlandi

Qidiruv e’lon qilingan g‘ijduvonlik firibgar Ukrainada ushlandi

Qidiruv e’lon qilingan G‘ijduvonlik firibgar Ukrainaning Kiyev shahrida ushlangan. 

O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) da ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergov organlaridan yashirinib yurgan, Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2020 yilning 18 avgust kunidan qidiruv e’lon qilingan, G‘ijduvon tumani Buktaroy MFY da doimiy ro‘yxatda turuvchi, 1991 yilda tug‘ilgan E.K., viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Ukrainaning Kiyev shahri hududida aniqlanib, unga nisbatan yuritilgan qidiruv bekor qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!