Qibray tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Qibray tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Qibray tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar I.A., I.R. va A.S.lar o‘zaro til biriktirib, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 40 dona “Tropikamid” va 133 dona “Regopen” nomli dori vositalarini fuqaro A.ga 9,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!