Qayta tiklanadigan manbalar energiya iste’molida chinakam ustun rol o‘ynaydigan dunyoning yagona mintaqasi Afrikadir

Qayta tiklanadigan manbalar energiya iste’molida chinakam ustun rol o‘ynaydigan dunyoning yagona mintaqasi Afrikadir

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2022 yilgi energiya statistikasi ma’lumotlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qayta tiklanadigan manbalar energiya iste’molida chinakam ustun rol o‘ynaydigan dunyoning yagona mintaqasi Afrikadir.

Uganda, Markaziy Afrika Respublikasi, Somali va Kongo Demokratik Respublikasi 2019 yilda qayta tiklanadigan energiya manbalariga ega bo‘lgan ilg‘or davlatlar bo‘lib, umumiy energiya iste’molning 90 foizi qayta tiklanadigan energiya manbalariga to‘g‘ri keladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (9,9 foiz), Germaniya (17,2 foiz) va Yaponiya (7,9 foiz) kabi iqtisodi rivojlangan davlatlar hali yashil energiyaga o‘tishni yakunlagani yo‘q.

So‘nggi statistika ma’lumotlari bu borada jami 28 ta davlatning ulushi bir foizdan kam bo‘lganligini ko‘rsatmoqda. Ular orasida Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni, shuningdek, Gonkong va Singapur bor.

Manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!