Qaysi soatda nonushta qilish foydali?

A A A
Qaysi soatda nonushta qilish foydali?

 

An’anaviy ravishda nonushta kunning eng muhim taomi hisoblanadi. Buning ajablanarli joyi yo‘q. Chunki nonushta tufayli organizmda hazm qilish jarayoni ish boshlaydi. Shuning uchun ham iloji boricha nonushtadan maksimal darajada foyda olish kerak.

To‘g‘ri nonushta qilish kun davomida ochlikni nazorat qilishga va hatto ozishga ham yordam beradi. Agar erta tongdan vitaminga boy mahsulotlar iste’mol qilinsa, maksimal foyda keltiradigan nonushta qaysi vaqtga to‘g‘ri keladi?

Ideal nonushta kechki ovqatdan kamida 10—12 soat o‘tib, iste’mol qilinishi kerak, ya’ni 20:00 da kechki ovqat tanovul qilinsa, ertasi kungi nonushta uchun eng qulay vaqt soat 08:00 hisoblanadi. Shuningdek, nonushta uchun eng maqbul vaqt soat 07:00 va 09:00 oralig‘idir. Yoki uyg‘ongandan keyingi ikki soat hisoblanadi. Bunday tizim ovqat hazm qilish tizimini boshqarishga va qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beradi.

Soat 6 da uyg‘onadigan insonlar odatdan tongda nonushta qilishni xohlamaydi. Lekin soat 12 ga yaqinlashgach, organizm och qolganini his qilishi mumkin. Shuning uchun to‘liq nonushta bo‘lmasa-da, biroz yengil yegulik tatib ko‘rish ham mumkin. Aks holda ochlik tufayli bosh og‘rig‘i kuzatiladi.

Mutaxassislar odatda nonushtaga oqsilga boy mahsulotlar iste’mol qilishni tavsiya etadi. Birinchidan, u butun kun davomida tanani mukammal darajada to‘ydiradi. Ikkinchidan, vazn kamaytirish uchun samaralidir. Ugelvodlarni ham rasiondan butunlay chiqarib bo‘lmaydi. Chunki u tanani zarur energiya bilan ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!