Qator davlatlar SHHTga a’zo bo‘lishni xohlaydi - Sergey Lavrov

Qator davlatlar SHHTga a’zo bo‘lishni xohlaydi - Sergey Lavrov

Rossiya tashqi ishlar vaziri SHHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Sergey Lavrov SHHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilish yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani chog‘ida SHHTga a’zo davlatlar safiga qo‘shilish istagida bo‘lgan qator davlatlar borligini ma’lum qildi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.

Ministr inostrannix del Rossii Sergey lavrov vistupayet posle zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv-chlenov SHOS v g.Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022

Ministr inostrannix del Rossii Sergey lavrov vistupayet posle zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv-chlenov SHOS v g.Tashkente.

© Sputnik / Zafar Xalilov

"Kuzatuvchi maqomi va muloqot bo‘yicha hamkor maqomiga hali bir qator da’vogarlar bor. Bir qator arab va Osiyo davlatlari, shuningdek, Armaniston va Ozarbayjon ham qiziqish bildirmoqda", - deydi vazir.

Rossiya TIV rahbari, shuningdek, Eron o‘tgan yili rasmiy nomzod maqomini olgani va tashkilotga to‘liq a’zo bo‘lish jarayoni boshlanganini ta’kidladi.

Shuningdek, Belarusning SHHTga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash uchun nomzodi bo‘yicha ham katta kelishuv mavjud.

“Samarqand sammiti oldidan tashqi siyosat idoralari darajasida maslahatlashuvlar davom etadi”, deya qo‘shimcha qildi Lavrov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!