Qatar Volkswagen’ning Isroil bilan kelishuvini to‘xtatdi

Qatar Volkswagen’ning Isroil bilan kelishuvini to‘xtatdi

Dohadagi investorlar konsernning Isroil uchun harbiy mahsulot ishlab chiqarish rejalarini blokladi.

Volkswagen konsernining Isroilning Rafael kompaniyasi bilan mudofaa sohasida hamkorlik qilish rejalari qatarlik investorlar tomonidan to‘xtatildi. Bu haqda Bild gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya avtomobilsozlik konsernining uchinchi yirik aksiyadori hisoblangan Qatarning suveren jamg‘armasi rahbariyatning Osnabryukdagi zavodda raketa tizimlari va harbiy texnika uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish haqidagi taklifini rad etgan.

Avvalroq Volkswagen bosh direktori Oliver Blyume 2027 yildan boshlab mazkur korxonada Volkswagen guruhi avtomobillari ishlab chiqarilishi to‘xtatilishini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, u zavodni harbiy mahsulot ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha bir nechta mudofaa kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlagan.

Bu tashabbus Germaniyada keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Volkswagen xodimlari, pasifistik tashkilotlar va muxolifat vakillari loyihaga qarshi chiqib, konsern faqat fuqarolik mahsulotlarini ishlab chiqarishi kerakligini ta’kidladilar.

Germaniyaning «So‘llar» partiyasi Volkswagenning davlatga qarashli Rafael kompaniyasi bilan ehtimoliy hamkorligini «maqbul emas» deb atadi. Partiya bu pozisiyasini Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hukumatiga nisbatan Yaqin Sharqdagi harbiy jinoyatlar va G‘azoda falastinliklarga qarshi genosid sodir etilgani haqidagi ayblovlar bilan izohladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi