Qatar OPEK safiga qaytadimi?

Qatar OPEK safiga qaytadimi?

Qatar Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) safiga qaytishni rejalashtirmayapti. TASSning xabar berishicha, bu haqda mamlakat Energetika vaziri Saad al-Kaabiy ma’lum qildi.

“Aytganimizdek, biz OPEKdan gaz mamlakati bo‘lganimiz, bizda neft qazib olish kamligi sababli chiqib ketganmiz. Shuning uchun OPEK tarkibida qolishimizdan ma’ni yo‘q. Bu biz qabul qilgan qaror va uni qayta ko‘rib chiqmaymiz”, – dedi vazir.

Qatar OPEKka 1961 yilda qo‘shilgan bo‘lib, 2019 yilning 1 yanvarida tashkilotni tark etdi va asosiy e’tiborini gaz qazib olishga qaratishga qaror qildi.

Kaabiyning aytishicha, ayni paytda gaz narxining balandligini gaz sektoriga investisiyaning kamligi bilan izohlash mumkin. “Ichki gaz infratuzilmasiga katta mablag‘ kiritish borasida Doxaning qarori qat’iy. Gazga talab ortib bormoqda, biroq barchaning talabini qondirishning iloji yo‘q”, – dedi u.
Qatar suyultirilgan gaz eksport qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!