Qatar Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiyadan 20 barobar ko‘proq pul sarflagan!

Qatar Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiyadan 20 barobar ko‘proq pul sarflagan!

Qatar Jahon Chempionati uchun 208 milliard yevro atrofida pul sarfladi. Bu Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi mundialda sarflangan xarajatlardan 17 baravar ko‘p degani.

The Sun nashrining xabar berishicha, Qatar Jahon Chempionati uchun 208 milliard yevro sarflagan, 2018 yilda Rossiya 11,6 milliard funt (13 milliard yevro atrofida) sarflagan edi.

2014 yilda Braziliya musobaqani o‘tkazish uchun 15 milliard funt (deyarli 17 milliard yevro), 2010 yilda JAR esa 3,6 milliard (4 milliard atrofida) sarmoya kiritgan.

Turnirning kommunikasiyalar bo‘yicha direktori Fatma al-Nuaymi Qatar bu pullar nimalarga sarflanganini tushuntirib berdi.

"Jahon Chempionati Qatarning 2030 yilga qadar milliy taraqqiyot loyihasi tarkibiga kiradi. Bu butun mamlakat bo‘ylab shaharlar, sanoat va turli ob’ektlarni jadal rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli davlat strategiyasidir.

Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati bilan bog‘liq bo‘lgan 200 milliard dollar (taxminan 208 milliard yevro) aslida Qatar milliy rivojlanishi va modernizasiyasi bo‘yicha ushbu ulkan strategiyaning bir qismidir.

2022 yilda jamoalar va muxlislar foyda ko‘radigan yirik infratuzilma loyihalari, jumladan, yangi yo‘llar, metro, aeroport, mehmonxonalar va boshqa sayyohlik ob’ektlari Jahon Chempionatini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritishimizdan oldin ham rejalashtirilgan edi", — dedi Fatma al-Nuaymi (JCH—2022 kommunikasiyalar bo‘yicha direktori)

Eslatib o‘tamiz, Qatar mezbonlik qiladigan JCH—2022 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!