Qatar amiri «MYu»ni sotib olmoqchi

Qatar amiri «MYu»ni sotib olmoqchi

Gleyzerlar oilasi «Manchester Yunayted»ni sotishga tayyorligi haqida ma’lum qilgach, klubni sotib olishga asosiy da’vogar o‘zgardi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, qatarlik investorlar guruhi tez orada «Manchester Yunayted»ni sotib olish bo‘yicha taklif yuboradi. Qayd etilishicha, qatarliklar aksiyalarining ma’lum bir qismini emas, klubni to‘liq sotib olishga qiziqish bildirgan. Buning uchun 8 milliard yevro sarflashga tayyor.

Jurnalist Mayk Kiganning yozishicha, yangi xaridorlar jamoaning avvalgi mavqeini tiklash uchun Erik ten Hagni yangi transferlar bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘ladi. Yangi sarmoyadorlar «Old Trafford»ni kengaytirish uchun ham mablag‘ ajratishni rejalashtirgan.

Qayd etilishicha, Qatar amiri Tamim ibn Hamad Al-Tani - «Manchester Yunayted»ning ko‘p yillik ishqibozi sanaladi. Qirollik oilasi 2011 yilda ham «MYu»ni sotib olishga uringan, ammo Gleyzer 1 milliard funt narxga rozi bo‘lmagan edi. Yakunda o‘sha yilning o‘zida qatarliklar «PSJ»ning 70 foiz aksiyasiga ega chiqishgandi.

Avvalroq, «MYu»ni sotib olish asosiy da’vogar sifatida Britaniyaning eng boy kishisi sanalmish milliarder Jim Retkliff aytilgan edi. U ham jamoaning uzoq yillik ishqibozi sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!