Qatar amiri eronliklarga vizalar berish tartibi soddalashtirilganini ma’lum qildi

Qatar amiri eronliklarga vizalar berish tartibi soddalashtirilganini ma’lum qildi

Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida eronlik muxlislar uchun viza tartibi soddalashtirilganini ma’lum qildi.

Bugun Tehronga bir kunlik tashrif bilan kelgan Qatar amiri Eron birinchi vise-prezidenti Muhammad Mohber bilan uchrashuvda Doha Tehronning 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilish taklifini olqishlashini aytdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar darajasiga ishora qilgan Mohber, Qatarning mintaqaviy va halqaro voqealar, xususan Eron masalasidagi pozisiyasini yuqori baholadi.

Eron vise-prezidenti sionistik rejim tomonidan bosib olingan hududlarda “Al-Jazira” telekanali jurnalistining o‘ldirilishi haqida gapirar ekan, Qatarning Isroilga nisbatan pozisiyasini ham olqishladi.

Moxberning qayd etishicha, bank munosabatlarining rivojlanishi Eron va Qatar o‘rtasidagi savdo aloqalarini soddalashtirishga olib keladi. Shuningdek, u mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni saqlash uchun ikki tomonlama va mintaqaviy munosabatlarni kengaytirishga chaqirdi.

U Eron va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikning Yaman va Afg‘oniston kabi davlatlardagi mintaqaviy inqirozlarni hal qilishdagi roliga urg‘u berdi.

Shuningdek, Eron vise-prezidenti, ikki davlat o‘rtasida hukumatning qo‘shma iqtisodiy komissiyasi tuzilishini talab qildi. Bundan tashqari, u Eron Islom Respublikasi Qatar bilan 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!