“Qatar Airways” aviakompaniyasi pandemiya davrida qancha zarar ko‘rdi?

“Qatar Airways” aviakompaniyasi pandemiya davrida qancha zarar ko‘rdi?

O'z“Associated Press” xabar berishicha, aviakompaniya bunday katta zarar ko‘rishiga Airbus A380 va A330 samolyotlarida yo‘lovchi tashishning kamayishi sabab bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, 2021 yilda kompaniya daromadi 1.6 milliard dollargacha o‘sgan.

O‘tgan yili, pandemiyaning boshlanish davrida ”Qatar Airways” xodimlar maoshini 15 foizga qisqqartirishga, shuningdek, aviayoqilg‘idan tejashga majbur bo‘lgandi. Pandemiya xalqaro aviaqatnovlar sohasiga katta zarar yetkazdi. Bu, ayniqsa, ichki bozori juda tor bo‘lgan Fors ko‘rfazi aviakompaniyalariga kuchli ta’sir qildi.

Shu bilan birga Qatarning arab davlatlari boykotidan chiqishi ham “Qatar Airways”ga yordam berdi. Saudiya Arabistoni va BAA 2017 yilda o‘z havo chegaralarini yopishi aviakompaniyani uzun marshrutlardan foydalanishga majbur qilayotgan edi.

“Asosiy raqobatchilarimiz samolyotlarini qo‘ndirgan bir paytda biz tijoriy faoliyatimizni mavjud vaziyat (pandemiya)ga moslashtirdik va parvozlarni umuman to‘xtatmadik”, – degan kompaniya bosh direktori Akbar al-Beyker.

Shuningdek, Qatar hukumati 3 milliard dollardan ortiq yordam bergan. Kompaniya daromadlari 14 milliard dollardan 8 milliardga tushib ketgan. 2020 moliyaviy yilida 2019 yilga nisbatan yo‘lovchilar oqimi 82 foizga kamayib ketgani ham buning asosiy sabablardan biri bo‘lgan.

“Qatar Airways”ning mintaqadagi asosiy raqobatchilari bo‘lgan “Fly Emirates”va “Etihad” ham pandemiyadan katta zarar bilan chiqqan. Masalan, “Emirates” 5.5 milliard zarar ko‘rgan.

“Qatar Airways” ommaviy emlash sababli asta-sekinlik bilan xalqaro marshrutlar jonlanayotganini ma’lum qildi. Masalan, pandemiya avjiga chiqqan davrda 33 yo‘nalishga parvozlar amalga oshirilgan bo‘lsa, hozir ularning soni 140 dan oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!