“Qasos oldim!” 25 bolani zaharlagan tarbiyachi o‘lim jazosiga hukm qilindi

“Qasos oldim!” 25 bolani  zaharlagan tarbiyachi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Xitoyda bolalar bog‘chasi tarbiyachisi Van Yun 25 bolani natriy nitrit bilan zaharlagani uchun o‘limga mahkum etildi.

Ushbu qaror Xenan provinsiyasining Szyaoszo shahar sudi tomonidan qabul qilindi.

Shuningdek, sud qarori bilan jabrlanuvchilarning da’volari qondirildi va mahkuma barcha moddiy zararlarni to‘lashga majbur qilindi.

Ta’kidlanishicha, bolalar bog‘chasi tarbiyachisi Van Yun hamkasbi bilan bo‘lgan mojarodan keyin undan qasos olishga qaror qilgan va bolalarning nonushtasiga natriy nitrat qo‘shib bergan.

Nonushtadan keyin bolalarda qayd qilish hamda bosh aylanishi boshlangan va ular zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Van Yunning xatti-harakatlari natijasida bir bola vafot etgan. Qolgan bolalar esa yengil darajada zaharlanishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!