Qashqadaryolik bolajonlar ham bir hafta tekin spektakl ko‘rishadi

Qashqadaryolik bolajonlar ham bir hafta tekin spektakl ko‘rishadi

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Navro‘z bayrami va Teatr tomoshalari haftaligi kunlarida bir hafta mobaynida bolajonlar uchun eng sara spektakllarni bepul namoyish etadi.

Yosh tomoshabinlar ta’til kunlarida Fantning sarguzashti , Sog‘lom tanda sog‘ aql , Mittivoyning sarguzashti , 99 tillo tanga , Maqtanchoq quyon hamda G‘aroyib yertutlar kabi sahna asarlarini tomosha qilishadi.

Mamlakatimizda har yili 21 27 mart kunlari Teatr tomoshalari haftaligi ning o‘tkazilishi belgilangan, deydi viloyat qo‘g‘irchoq teatri rahbari Elbek Eshmuradov. Bunday tadbirlar bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Haftalik davomida farzandlarimizning ta’tilni maroqli o‘tkazishlari barobarida, ma’naviy ozuqa olishlariga ko‘maklashishga harakat qildik.

Manba: xs. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!