Qashqadaryodan Toshkentga sifatsiz go‘sht olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryodan Toshkentga sifatsiz go‘sht olib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB karantin bo‘linmasi xodimlari boshqarma YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumani hududidagi “O‘makay” muntazam YPX maskanida o‘tkazgan tadbirda yaroqsiz go‘sht mahsuloti ushlab qolindi.

Poytaxtimiz tomon harakatlanib kelgan Shahrisabz tumanida yashovchi N.O. boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi tekshirib ko‘rilganida, yukxonada hech qanday veterinariya ma’lumotnomalarisiz go‘sht mahsuloti borligi ma’lum bo‘ldi. Kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, 4 dona selofan paketga o‘ralgan bu mahsulotning og‘iriligi 200 kilogramm chiqdi.

Chiroqchi tumani oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tekshiruvida go‘sht iste’molga yaroqsizligi aniqlandi va tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!