Qashqadaryodan Toshkentga 460 kg sifatsiz go‘sht olib ketilayotgani aniqlandi

Qashqadaryodan Toshkentga 460 kg sifatsiz go‘sht olib ketilayotgani aniqlandi

2021 yil 22 iyun kuni soat 01:30 larda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududida joylashgan “Umakay” YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimi tomonidan “Qarshi-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan "Kia Carnival" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, yukxonasida to‘q qizil rangli, no’malum hayvonga tegishli bo‘lgan, jami og‘irligi 460 kilogrammga teng bo‘lgan go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Aniqlangan mahsulotlar Chiroqchi tumani veterinariya bo‘limining laboratoriyasida tekshirilganda iste’molga yaroqsizligi aniqlanib belgilangan tartibda yo‘q qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!