Qashqadaryoda yuk mashinasi avtohalokatga uchradi

Qashqadaryoda yuk mashinasi avtohalokatga uchradi

Kecha, 8 fevral kuni soat 23:30 da Dehqonobod tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limining navbatchi-dispetcherlik qismiga M-39 yo‘lining “Istiqlol” MFY hududidan o‘tuvchi qismida “MAN” yuk avtomobili ag‘darilib ketgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati yozmoqda.

Soat 23:35 da voqea joyiga borgan qutqaruvchilar, IIB, YHX va tez tibbiy yordam xodimlari yordamga kirishdi.

Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati Qumqurg‘on tumanida yashovchi fuqaro B.X. 110 taga yaqin og‘irligi 50 kg bo‘lgan paxta tolasi ortilgan yuk avtomobilini Andijon viloyatiga qarab boshqarib ketayotganda yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan yengil avtomashinaning yoritish chirog‘i uning ko‘zini qamashtirgan. Yuk mashinani yo‘l chetiga olishga uringan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, mashinani ag‘darib yuborgan.

“Engil tan jarohati olgan haydovchiga birinchi yordam ko‘rsatildi. Sodir bo‘lgan holat 02:12 da to‘liq bartaraf etildi. Voqea natijasida og‘ir tan jarohati olish va vafot etganlar yo‘q”, — deydi kapitan O‘tkirbek Yuldashev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!