Qashqadaryoda Yoshlar turizmi qurultoyi yakunlandi

Qashqadaryoda Yoshlar turizmi qurultoyi yakunlandi

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkillashtirilgan Yoshlar turizmi qurultoyi o‘z nihoyasiga yetdi.

8 avgust kuni boshlangan qurultoy doirasida bir qator o‘yinlar, kitobxonlik, mahorat darslari, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy ko‘ngilochar tadbirlar, uchrashuvlar, gala-konsert va boshqa tadbirlar o‘tkazildi. Yakunda g‘olib jamoalar aniqlandi.

Xususan, “Eng yaxshi turizm loyihasi”, “Qadriyat, urf-odat”, "Eng namunali guruh", "Zakovat", "Turizm spartakiadasi", "Turizm-kvest" va boshqa tanlovlar o‘tkazildi.

G‘oliblarga sovrinlarni Turizm va madaniy meros vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari hamda Shahrisabz tumani hokimi topshirishdi.

Qayd etish joizki, qurultoyda chet davlatlardan tashrif buyurgan yoshlar ham o‘z iqtidorlarini namoyish qilib, g‘oliblar qatoridan joy olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!