Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotayotganlar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotayotganlar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotayotgan shaxslar aniqlandi, deb xabar berdi viloyat IIB.

Xabarda aytilishicha, 5 aprel kuni viloyat IIB xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari natijasida Qarshi shahridagi Arabxona mahallasida yashovchi fuqaro X.SH.ning xonadonida fuqaro X.J. tomonidan eshak so‘yilayotgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida xonadondan bo‘g‘izlangan eshaklar va uning ajratilgan terilari, xonalardan birida esa eshak go‘shti deb gumonlangan so‘yilgan lahm go‘sht mahsulotlari, 20 dona tirik eshaklar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Surishtiruv davomida fuqaro eshaklarni sotish uchun so‘yganini aytgan.

Qarshi shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida olib qo‘yilgan lahm go‘sht mahsulotlari yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash maqadida ekspertiza tayinlangan. Bo‘limning Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan berilgan ekspertiza xulosasida go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aytilgan.

Natijada lahm go‘sht va terilar belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!