Qashqadaryoda turli lavozim egalari korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi

Qashqadaryoda turli lavozim egalari korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi

26-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatida hududiy davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, majlisda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy davlat idoralarining axborotlari eshitilgan.

Ta’kidlanishicha, tahlil qilinayotgan davrda viloyatda 273 nafar turli darajadagi mansabdor shaxs, 36 nafar soha xodimi korrupsiya bilan bog‘liq turli jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!