Qashqadaryoda odamlarni chuv tushirgan sobiq IIB xodimi va uning sherigi qo‘lga olindi

Qashqadaryoda odamlarni chuv tushirgan sobiq IIB xodimi va uning sherigi qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib, fuqarolardan aldov yo‘li bilan pul olgan ikki sobiq IIB xodimi va uning sherigi qo‘lga olindi. Bu haqda NasafNews xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 28—29 sentyabr kunlari DXX Muborak shahar bo‘linmasi va departament Muborak tuman bo‘limi, DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va Muborak tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tezkor tadbirda o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib yurgan 41 yoshli muqaddam sudlangan sobiq ichki ishlar bo‘limi xodimi K.J. va 35 yoshli E.Z. ushlangan.

Ular 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro O.J.ni Eriell kompaniyasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, aldov yo‘li bilan 3000 dollar talab qilgan. Shundan 1000 dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, olib borilgan surishtiruvlar davomida K.J. va E.L. ishga kiritib qo‘yishini aytib, aldov yo‘li bilan Muborak tumanida yashovchi fuqarolar S.N.dan 1000 dollar, YU.S.dan 1000 dollar va A.U.dan 10 million so‘m qiymatidagi pul mablag‘larini olganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!