Qashqadaryoda "Nexia" avtomobili portlab ketdi

Qashqadaryoda "Nexia" avtomobili portlab ketdi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni soat 13:30 larda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududida joylashgan "Fayz" nomli choyxona binosining ro‘parasida to‘htab turgan, haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan I.N. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonda portlash sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida haydovchi I.N. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 2003 yilda tug‘ilgan SH.S. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani IIB, FVB va prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!