Qashqadaryoda maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Qashqadaryoda maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrisabz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar bermoqda.

U nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga subsidiya mablag‘lari yo‘naltirib berish evaziga 400 AQSh dollari talab qilib, olgan vaqtida ushlan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!