Qashqadaryoda ishga kiritib qo‘yishni va’da bergan firibgar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda ishga kiritib qo‘yishni va’da bergan firibgar qo‘lga olindi

Kitob tuman IIBga 2021 yil 5 mart kuni Kitob tumani Qo‘shchinor qishlog‘ida yashovchi Z.S o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2020 yil 7 iyul kuni Kitob tumani Beshterak qishlog‘ida yashovchi S.G.ga "sizni Milliy gvardiya xizmatiga ishga joylashtirib qo‘yaman"-deb, undan 500 AQSh dollarini hamda 2020 yil oktyabr oyi boshlarida, Kitob tumani Panji qishlog‘ida yashovchi U.M.ga "sizni Inter Injenering qo‘shma korxonasiga ishga joylashtirib qo‘yaman”- deb, 1000 AQSh dollari va 100.000 so‘m miqdoridagi pullarini olib, ularni aldab, ishonchiga kirib, qo‘lga kiritgan pullarini o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan S.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!