Qashqadaryoda IIB xodimlarini bo‘g‘ib, tan jarohati yetkazishdi

Qashqadaryoda IIB xodimlarini bo‘g‘ib, tan jarohati yetkazishdi

2021 yil 16 sentyabr kuni Koson tumani Boyterak qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.A. va N.A. Qarshi shahar, Neftchilar mahallasida yashovchi tanishi H.F. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilishib, mast holatda shu kuni soat 22-30 larda Qarshi shahrida joylashgan "Yashil bozor" supermarketi yonida bir-birlarini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, baqirib, yon atrofdagi fuqarolarni tinchligini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan o‘zaro urush-janjal qilgan vaqtida viloyat IIB PPX va JTSB patrul-post xizmati xodimlari xizmat taqsimotiga asosan Qarshi shahar "Paxtazor-1" mahallasi hududi bo‘ylab xizmatga biriktirilgan IIB PPX va JTSB PPXB xodimlari B.Rasulov, F.Ro‘ziqulov va D.Nurmatovlar ularning yoniga qelib, o‘rtalarida kelib chiqqan janjalni to‘xtatib, jamoat tartibini saqlash va ularning shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida Qarshi shahar IIO FMB binosiga borishni taklif qilganida, ularni turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, yerga yiqitib, ularga turli darajada tan jarohati yetkazib, o‘zini xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 219-moddasy 2-qismi va 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.A, N.A.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilindi hamda himoya huquqi bilan ta’minlanib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Natijasi haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!