Qashqadaryoda IIB xodimlari tomonidan Narkologiya dispanseriga yotqizilgan erkak vafot etdi

Qashqadaryoda IIB xodimlari tomonidan Narkologiya dispanseriga yotqizilgan erkak vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda vaxshiylarcha qotillik” sarlavhasi ostida xabar tarqalgandi. Qashqadaryo viloyati IIB bu bo‘yicha bayonot berdi.

Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani “Kaptarli” MFYda yashovchi fuqaro M.M.ning turmush o‘rtog‘i fuqaro J.S. 2021 yilning 25 iyul kuni soat taxminan 19.30 larda Nishon tumani IIB HPB TP profilaktika katta inspektori kapitan I.Xolmatovning xizmat uyiga kelib, turmush o‘rtog‘i Toshkent shahrida “Abu sahiy” bozorida ishlashligini, u yerdan 25 iyul kuni soat taxminan 18.00 larda uyiga mast holatda yetib kelganligini, birozdan so‘ng, o‘ziga kelib, qo‘liga pichoq bilan janjal qilishni boshlaganligini, agarda unga chora ko‘rmasa, boshqa salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Kapitan I.Xolmatov, fuqaro J.S.ning yashash xonadoniga borgan vaqtida marhum M.M. spirtli ichimlikdan mast holda turmush o‘rtog‘ini og‘izga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqorat qilib, qonuniy talabiga bo‘ysunmaganligi sababli, Nishon tumani Kaptarli MFYga qo‘shni bo‘lgan “Shirinobod” MFY profilaktika inspektori katta leytenant X.Po‘latovni chaqirgan. Katta leytenant X.Po‘latov bilan birgalikda “Shirinobod” MFYda yashovchi jamoatchilik vakili fuqaro G.A. ham kelgan. Kapitan I.Xolmatov kelgusida oila turmush doirasidagi jinoyatlar sodir bo‘lishini oldini olish maqsadida fuqaro J.S.ga turmush o‘rtog‘ini Narkologiya dispanseriga majburiy tartibda yotqizish bo‘yicha ariza yozib berishi lozimligini tushuntirgan. Biroq, fuqaro J.S. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza yozib berishdan bosh tortganligi sababli, bo‘lib o‘tgan ushbu holatni tegishli tartibda hujjatlashtirish maqsadida marhum fuqaro M.M. MFY binosiga olib borilib, MFY raisining 2021 yil 25 iyul kunidagi 2-sonli bildirish xatiga asosan, shu kun soat 23:20da viloyat Narkologiya dispanseriga aloqa xati bilan dispanserdan ko‘rikdan o‘tkazgan.

Ko‘rikdan o‘tkazish davomida, marhum M.M.ga “mastlikni o‘rta og‘ir darajasi” tashxisi qo‘yilib, tanasida jarohatlar bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritish bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ushbu tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, kasallik tarixi ochilgan. Majburiy tartibda davolanish to‘g‘risidagi yo‘llanma asosida marhum M.M. Qarshi tumani “Mirmiron” MFY hududida joylashgan viloyat Narkologiya dispanseriga topshirilgan.

Qarshi tuman IIBga 2021 yil 26 iyun kuni tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 20:45larda, fuqaro M.M. to‘satdan viloyat Narkologiya dispanserida vafot etganligini ma’lum qilingan.

Shuningdek, marhum M.M.ning oilasi “Kaptarli” MFYda notinch oila sifatida ro‘yxatga qo‘yilganligi aniqlandi.

STEning 26 iyuldagi ma’lumotnomasida marhum M.M. “surunkali alkogolizm” natijasida vafot etganligi ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari hamda profilaktika inspektorlari I.Xolmatov va X.Po‘latovlarga nisbatan Qashqadaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!