Qashqadaryoda fermerni qaynukasi avtomobil nasosi bilan o‘ldirdi

Qashqadaryoda fermerni qaynukasi avtomobil nasosi bilan o‘ldirdi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi fermer o‘zining qaynukasi tomonidan urib o‘ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, fermer qaynukasi Furqatni og‘zaki kelishuv asosida yollanma ishchi sifatida jalb qilib, dalasiga g‘alla ekkan va uning mehnatidan foydalangan. G‘alla pishib yetilgach, davlatga belgilangan reja topshirilgan.

Biroq rejadan ortiqcha g‘alla chiqmagani sababli fermer xo‘jaligi g‘allasiz qoladi. Kelishuvga ko‘ra, g‘alla olishi kerak bo‘lgan qaynuka ham g‘allasiz qolgach, fermer pochchasidan somon so‘ragan. Pochcha esa somon berishni ham rad qilgan.

Bundan g‘azablangan qaynuka oldingi kelishmovchilik va mehnati uchun somon berishni rad etgan pochchasini avtomobil nasosi bilan urib o‘ldirgan.

Jinoyat tahlil etilganida ular orasida bir necha yillardan beri kelishmovchilik bo‘lgani, ularning oldin ham janjallashgani haqida ma’lumot keltiilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!