Qashqadaryoda dori-darmon va tibbiyot buyumlarini qimmat narxlarda yetkazib berish holati aniqlandi

Qashqadaryoda dori-darmon va tibbiyot buyumlarini qimmat narxlarda yetkazib berish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.” MCHJ rahbari B.F. va boshqalar 2020-2021 yillar va joriy yilning aprel oyiga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga dori-darmon va tibbiyot buyumlarini belgilangan 15 foiz ustamadan ortiqcha narx qo‘yib yetkazib berganliklari oqibatida, jami 2,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!