Qashqadaryoda bir oila a’zolari behayo suratlarni tarqatish bilan qo‘rqitib ayoldan 3 ming dollar undirmoqchi bo‘ldi

Qashqadaryoda bir oila a’zolari behayo suratlarni tarqatish bilan qo‘rqitib ayoldan 3 ming dollar undirmoqchi bo‘ldi

2022 yil 8 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi fuqaro N.Z. viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 1 avgust kuni telegram messenjeri orqali noma’lum profil foydalanuvchisi unga tegishli bo‘lgan behayo fotosuratlarini o‘ziga yuborib, rasmlarni internet tarmog‘ida tarqatmaslik va turmush o‘rtog‘iga yubormaslik evaziga 3.000 AQSh dollari pullarni va tilla taqinchoqlarni berishini talab qilganligini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida telegramdagi noma’lum profil orqali moddiy qimmatliklarni talab qilgan shaxslar Kasbi tumanida yashovchi aka-uka SH.U.M, SH.O.M va ularning kelinoyisi U.YU.O hamda uning singlisi U.D.O.lar o‘zaro jinoiy til biriktirib sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!