Qashqadaryoda bir guruh shaxslar aka-ukalarni kaltaklagani, ularga deputat bosh bo‘lgani aytilmoqda

Qashqadaryoda bir guruh shaxslar aka-ukalarni kaltaklagani, ularga deputat bosh bo‘lgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumanida bir guruh shaxslar aka-ukalarni kaltaklagani, ularga deputat bosh bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumanida yashovchi fuqarolardan birining uyiga shu tumanda yashovchi bir guruh shaxslar bostirib borgani, o‘zaro janjal paytida aka-ukalarni kaltaklab tan jarohatlari yetkazgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda yozilishicha, aka-ukalarni kaltaklagan shaxslarga Yoshlar ittifoqi Chiroqchi tumani kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati bosh bo‘lgan.

Qashqadaryoda bir guruh shaxslar aka-ukalarni kaltaklagani, ularga deputat bosh bo‘lgani aytilmoqda

Foto: Videodan kadr

Viloyat IIB axborot xizmatining munosabatida yozilishicha, holat IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

«Ma’lum qilamizki, holat viloyat IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan o‘rganish yakuni bilan qo‘shimcha axborot beriladi», deyiladi munosabatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!