Qashqadaryoda ayol uxlab yotgan erining boshiga temir bilan urdi

Qashqadaryoda ayol uxlab yotgan erining boshiga temir bilan urdi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida ayol erining boshiga temir bilan urib, o‘ta og‘ir tan jarohati yetkazdi. Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi "Yakkasaroy" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro B.P. shar’iy nikoh asosida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i R.X. ga uyining yonidagi yer maydoniga ekilgan tarvuz va makkajo‘xori dalasini qo‘riqlashni buyursa-da, dalaga tez-tez chorva mollari kirib, dalani payhon qilayotganini ro‘kach qilib, ayolni dalaga qaramaganlikda ayblab kelgan.

Holat sodir bo‘lgan kuni eri uyda sog‘ligini tiklash uchun davolanayotgan bo‘lishiga qaramasdan yana shar’iy nikoh asosidagi turmush o‘rtog‘i R.X.ni turli ro‘zg‘or ishlarini bajarmaganlikda ayblab, og‘zaki urishgan. Oqibatda toqati toq bo‘lgan xotin R.X. sha’riy nikoh asosidagi eri B.P. uyda uxlab yotganidan foydalanib, tumtoq temir jism bilan uning boshiga urib, o‘ta og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!