Qashqadaryoda «Apple» brendi bilan bog‘liq qonunbuzarlik fosh bo‘ldi (FOTO)

Qashqadaryoda «Apple» brendi bilan bog‘liq qonunbuzarlik fosh bo‘ldi (FOTO)

Qashqadaryo viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qo‘yildi.

Markaz tomonidan Qarshi shahrida joylashgan savdo do‘konida «Apple» brendidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanayotganlik holati aniqlandi.

Qashqadaryoda «Apple» brendi bilan bog‘liq qonunbuzarlik fosh bo‘ldi (FOTO)Qashqadaryoda «Apple» brendi bilan bog‘liq qonunbuzarlik fosh bo‘ldi (FOTO)

Mazkur holatda tovar belgisidan huquq egasidan hech qanday ruxsat olmasdan va lisenziya shartnomasi tuzmasdan foydalanilgani uchun huquqbuzarga taqdimnoma kiritildi. Natijada o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqargan tadbirkorlik sub’ekti savdo do‘koni peshtoqidan «Apple» xizmat ko‘rsatish belgisini olib tashladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!