Qashqadaryoda 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketib, vafot etdi

Qashqadaryoda 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketib, vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketishi oqibatida vafot etdi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, futbolchi 6 iyul kuni soat 13:00 — 14:00 orasida do‘stlari bilan Chimqo‘rg‘on suv omboriga cho‘milishga borgan va cho‘milish paytida cho‘kib ketgan. Do‘stlari uning jasadini qirg‘oqqa olib chiqqan.

Qayd etilishicha, Asadbek To‘rayev tumandagi 83-maktabning 11-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. U tumandagi «Qamashi» futbol klubi yarim himoyachisi hisoblangan. Jamoasi bilan birgalikda 12−15 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan DXX raisi kubogida chempion bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!