Qarz mojarosi: Surxondaryoda erkak kelinining boshiga tosh bilan urdi

Qarz mojarosi: Surxondaryoda erkak kelinining boshiga tosh bilan urdi

Oltinsoy tumanida 2021 yil 15 dekabr kuni soat 09:00 larda, shu tumanda yashovchi, S.Sarvar (ism shariflar o‘zgartirilgan) va turmush o‘rtog‘i, J.Diyoralar yashash uyi yonida, qo‘shni bo‘lib yashovchi, akasi S.Sardor bilan qarz masalasida janjallashib qolib, janjal vaqtida akasi S.Sardor qo‘lidagi tosh bilan kelini J.Diyoraning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan vaqtida, S.Sarvar akasi S.Sardorni qo‘li bilan duch kelgan joylariga urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada J.Diyora va S.Sardorlar tan jarohati olgan.

15 dekabr kuni S.Sardorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi va S.Sarvarga 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!