Qarshidagi qalloblik: beton ustunlarga 6 qator o‘rniga 5 qator armatura qo‘yilgan ekan

Qarshidagi qalloblik: beton ustunlarga 6 qator o‘rniga 5 qator armatura qo‘yilgan ekan

Ishlab chiqaruvchi bilan shartnoma imzolash paytida beton ustunlarga 14-A hajmdagi 6 qator armaturalar qo‘yishga kelishilgan. Biroq bir qator armatura ishlab chiqaruvchi foydasiga qoldirilgan. Oqibatda...

Qarshi shahri Kunchiqar MFY, Husnobod ko‘chasi, 65-uy, 17-xonadonda yashovchi fuqaro Dilshod Hojiyev Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qildi. 

Unga ko‘ra, iste’molchi shaharda joylashgan “ARAB QOVCHIN IQBOLI” xususiy ishlab chiqarish korxonasiga qurilishda foydalanish uchun jami 28 480 000 so‘m evaziga 46 dona beton ustunlar tayyorlab berishini buyurtma qilgan. Tayyor bo‘lgan qurilish mahsulotlarini iste’molchi uy tomiga o‘rnatgan. Ammo, oradan biroz vaqt o‘tgach beton ustunlarning 7 tasida sifatsizligi sababli yoriqlar hosil bo‘lgan. Undan tashqari ishlab chiqaruvchi bilan shartnoma imzolash paytida beton ustunlarga 14-A hajmdagi 6 qator armaturalar qo‘yishga kelishilgan.

Mazkur murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilganda, beton ustunlarning 16 donasiga 6 qator o‘rniga 5 qator armatura foydalanilgani, shu sababli unda yoriqlar hosil bo‘lganligi aniqlandi. “ARAB QOVCHIN IQBOLI” xususiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan fuqaro D.Hojiyevga sotilgan 16 dona (10 400 000 so‘mlik) tom yopma beton ustuni sifatlisiga almashtirib berilishi ta’minlandi. Shuningdek, qonun talablaridan kelib chiqib, sifatsiz mahsulotni almashtirish uchun transport xarajatlari ham ishlab chiqaruvchi tomonidan qoplab berildi.

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!