Qarshida "marixuana" savdosiga chek qo‘yildi

Qarshida "marixuana" savdosiga chek qo‘yildi

Qarshi shahar “Xudoyzod” MFYda yashovchi B.B yashash uyning tomorqasida tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan taqiqlangan o‘simlik urug‘ini kelgusida sotish maqsadida ekib, ushbu urug‘dan unib chiqqan bir tup 90 sm.gacha yashil rangli o‘tkir hidli o‘simlikni unib chiqishiga qadar ishlov berib, parvarishlab, giyohvandlik vositasi bilan qonunga xilof ravishda muomala qilib kelayotganligi aniqlangan.

Viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbir davomida B.B o‘zini jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2021-yil 7-oktyabr kuni soat 16:10 larda o‘zi yashash uyda kelgusida sotish maqsadida ekib yetishtirib, quritib maydalangan holatda bo‘lgan o‘tkir hidli, yashil rangli o‘simlik talqoni “Spichki” yozuvi bo‘lgan 6 dona gugurt qutilariga joylashtirgan jami 11,4 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasini shu kuni “U” ismli shaxsga Qarshi tumanida 100 AQSh dollari va 1.700.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

B.B o‘zining uyida ham kelgusida sotish maqsadida giyohvand moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanganligi sababli uning uyi ko‘zdan kechirilganda, yashash uyining qurilishi tugallanmagan xonasidagi shkaf ustida turgan oyoq kiyimi qutisidan quritib maydalangan holatda bo‘lgan o‘tkir hidli, yashil rangli o‘simlik talqoni “Spichki” yozuvi bo‘lgan 7 dona gugurt qutilariga joylashtirgan jami 13,7 gramm va bir dona qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan maydalangan holatda bo‘lgan 1,5 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasida, “Spichki” yozuvi bo‘lgan 6 dona gugurt qutilaridagi o‘tkir hidli yashil rangli o‘simlik quritmasi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvand moddasi bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekani, uning sof og‘irligi jami 11.4 grammni tashkil qilishi, “Spichki” yozuvi bo‘lgan 7 dona gugurt qutilaridagi o‘tkir hidli yashil rangli o‘simlik quritmasi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvand moddasi bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekani, uning sof og‘irligi jami 13.7 grammni tashkil qilishi shuningdek, qog‘oz bo‘lagidagi o‘tkir hidli yashil rangli o‘simlik quritmasi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvand moddasi bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekani, uning sof og‘irligi jami 1.5 grammni tashkil qilishligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan B.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!