Qarshida davlat zaxirasidan 16 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Qarshida davlat zaxirasidan 16 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.H. boshqa bir fuqaro R.ga Qarshi tumani “Yangibog‘” MFY hududidan davlat zaxirasidagi 16 sotix yer maydonini tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib olib berish evaziga 90 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!