Qarshida 23 yoshli sportchi yigit suvdan o‘lik holda topildi

Qarshida 23 yoshli sportchi yigit suvdan o‘lik holda topildi

Qarshida 23 yoshli sportchi yigit suvdan o‘lik holda topildi. Marhumning akasi ukasi o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin demoqda, deb yozadi "Qitmir muxbir" telegram kanali.

Marhum 2022 yilning 14 iyul kuni Qarshi magistral kanalidan akasi tomonidan topilgan.

«Ukamni g‘ovvoslar topolmagach, o‘zim va qarindoshlar, oshna-og‘aynilarim birikib yana suvdan izladik va 14-iyul kuni topdik. Suvdan chiqqanda ukamning jasadi shishib ketgan edi. To‘g‘ri, ikki-uch kun suvdan qolgan, shishadi. Ammo ukamda kaltak izlari ham bor edi-da. Qolaversa u suvga shunchaki cho‘kib ketmaydi. Holsizlikdan yoki kaltaklanib, sog‘lig‘iga zarar yetkanidan so‘ng cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin», — deydi marhumning akasi Dilshod Karimov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!