Qarshida 17 yoshli abituriyent qiz is gazidan zaharlanib vafot etdi

Qarshida 17 yoshli abituriyent qiz is gazidan zaharlanib vafot etdi

Joriy yilning 20 noyabr kuni Qarshi shahri Mahallot mahallasi Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelayotgan qiz is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda "Nasafnews" xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2005 yilda tug‘ilgan qizning jasadi hammomdan topilgan. U hammomda is gazidan zaharlangani aytilmoqda.

Marhuma Koson tumanida istiqomat qilgan. Qarshi shahridagi o‘quv markazida tahsil olgani uchun Mahallot mahallasidagi xonadonda ijarada yashagan.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasining "Nasafnews" muxbiri so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!