Qariyb 2,5 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

Qariyb 2,5 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

Juma, 24 sentyabr kuni O‘zbekistonga yana 2 mln 499 ming 668 doza xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 26 mln 754 ming 208 dozaga yetmoqda. Ulardan 20 ml 499 ming 668 dozasi — ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi, 1 mln 594 ming 480 dozasi — AstraZeneca (Covieshield, COVAX dasturi asosida bepul yetkazib berilgan), 460 mingtasi — Rossiyaning «Sputnik V», 3 mln 60 dozasi Moderna va 1 mln 200 ming dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasi hisoblanadi.

Ayni paytga qadar shundan 19 mln 197 ming 082 doza doza vaksinasiya jarayonlarida foydalanilgan.

Shuningdek, shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 mln 007 ming 732 nafarni tashkil qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!