Qanday mahsulotlar yordamida gemoglobinni ko‘tarish mumkin?

Qanday mahsulotlar yordamida gemoglobinni ko‘tarish mumkin?

Gemoglobin − eritrositlardagi qizil qon tanachalarining asosiy tarkibiy qismidir. Uni tanadagi eng muhim moddalardan biri deb atash mumkin. Chunki u gaz almashinuvida muhim rol o‘ynaydi.

Gemoglobin ikki tarkibiy qismdan iborat − oqsil globin va gem shaklidagi temir. Gemoglobin darajasining pastligining eng keng tarqalgan sababi tanadagi temir tanqisligidir. Agar bu yetishmovchilik juda katta bo‘lsa, temir tanqisligi anemiyasi tez rivojlanishi mumkin. Bu surunkali bosh og‘rig‘i, zaiflik, diqqatni jamlay olmaslik, charchoq, hushdan ketish va hatto yurakdagi og‘riq bilan birga kuzatiladi.

Anemiya paydo bo‘lishining oldini olish uchun tanadagi temir miqdorini kuzatib borish kerak. Boshqa ko‘plab mikroelementlardan farqli o‘laroq, temir oziq-ovqat tarkibida juda ko‘p miqdorda bo‘ladi va  foydali mahsulotlar yordamida uning yetishmovchiligini osongina bartaraf etish mumkin.

Ko‘pincha temir moddasi jigar, go‘sht tarkibida bo‘ladi. Tananing temirga bo‘lgan ehtiyojini deyarli to‘liq qoplash uchun uning ozgina qismi ham yetarli. Ro‘yxatda keyingi o‘rin dengiz mahsulotlarini, ayniqsa, mollyuska va midiyalar turadi. Shu sababli vegetarianlar tanadagi temir miqdorini kuzatishda juda ehtiyot bo‘lishi va ehtimol, rasionni to‘g‘ri tuzish uchun shifokorga murojaat qilishi kerak.

O‘simliklardan esa spirulina va quritilgan qo‘ziqorinlar tarkibida temirning eng yuqori moddasi mavjud. Ular temirdan tashqari tanani turli xil minerallar − kalsiy, magniy, sink, vitamin va antioksidantlar bilan ta’minlaydi. Bu nafaqat anemiyadan saqlanish, balki organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu jumladan, qarishni ham sekinlashtiradi.

Bundan tashqari, temir moddasini ismaloq, anor, olma, dukkakli o‘simliklar, kinoa va tofu pishlog‘idan olish mumkin. Eng muhimi, rasionni foydali mahsulotlar bilan boyitishni unutmaslik zarur. Shundagina anemiya bilan bog‘liq boshqa kasalliklar tahdid sola olmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!