Qamoqqa olingan blogerning onasi Angela Merkeldan yordam so‘radi

Qamoqqa olingan blogerning onasi Angela Merkeldan yordam so‘radi

May oyida Minsk aeroportida hibsga olingan belorussiyalik bloger Roman Protasevichning ota-onasi Germaniya kansleri Angela Merkelga o‘g‘lini qamoqdan ozod qilishga yordam so‘rab murojaat qilishdi. Bu haqda Bild gazetasi xabar bermoqda.

Ayni paytda Natalya va Dmitriy Protasevich Polshada. Ular Romanning faoliyati tufayli hibsga olinishlarini tushunishgan. Shu munosabat bilan, o‘tgan yil 17-avgustga o‘tar kechasi ular Belorussiyani tark etishdi, garchi ular hech qachon siyosiy faol bo‘lmaganlar. Dmitriy 2019 yilgacha armiyada xizmat qilganini tan oldi.

"Sofiya (Romanning sevgilisi — tahr.)ning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘lim baribir unga undan uzoqroq turishni aytgan, chunki u shu yo‘l bilan u balolardan qochadi deb umid qilgan", dedi Natalya Protasevich nashrga bergan intervyusida.

Ayolning aytishicha, u va eri o‘z o‘g‘li Romanga yuboradigan xatlarni olishmaydi. Hatto uning advokati ham Protasevichlar bilan telefonda erkin gaplasha olmaydi, dedi Dmitriy.

«Buning o‘rniga, Belorussiya hukumati allaqachon Roman majburiy ravishda iqror bo‘lgan ikkita videoni nashr etdi. Siz aniq qiynoq belgilarini ko‘rishingiz mumkin: uning burni singan bo‘lishi mumkin. Uning bo‘ynida ko‘kargan joylar bor. Mutaxassis bizga bo‘g‘ib o‘ldirish alomatlari borligini aytdi”, - dedi blogerning ota-onasi.

Keyinchalik, Natalya o‘g‘liga yordam berishni so‘rab Angela Merkelga murojaat qildi.

"Biz barcha begunoh insonlar qamoqxonalardan ozodlikka chiqarilishi uchun bizga yordam berishingizni iltimos qilamiz", dedi Protasevich.

Ma’lumot uchun, 23 may kuni Belorussiya hukumatining iltimosiga binoan, Irlandiyaning "Ryanair" aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga yo‘l olgan samolyoti Minskda favqulodda qo‘ndi.

NEXTA telegram kanali asoschisi, samolyot bortida bo‘lgan Roman Protasevich huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan hibsga olingan. Uning sevgilisi, rus ayoli Sofiya Sapega ham ushlangan. Ushbu hodisa xalqaro mojaroga sabab bo‘ldi. Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatning doimiy vakillari Belorussiya aviakompaniyalariga qarshi sanksiyalar to‘g‘risida kelishib oldilar.

Oldinroq Protasevichning otasi tergov izolyatoridagi o‘g‘lining ahvoli haqida gapirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!