"Qamchiq" dovonida "MAN" temir to‘siqqa urildi

"Qamchiq"  dovonida "MAN" temir to‘siqqa urildi

Bugun ertalab, soat 8:20 larda "Qamchiq" dovonining 234 km.da "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida 20 tonna uzum bilan harakatlangan "MAN" rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan va yo‘lning harakat qismiga halaqit beradigan darajada to‘xtagan.

Voqea joyiga zudlik bilan "Qamchiq" MQYOQB qutqaruvchilari, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari yetib kelishgan.

Qutqaruvchilar maxsus texnikalar yordamida soat 13:30da hodisani to‘liq bartaraf etib, yo‘l-patrul xizmati xodimlari harakat xavfsizligini ta’minladilar.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!