Qamchiq dovonida ko‘mir ortilgan "MAN" ag‘darilib ketdi

Qamchiq dovonida ko‘mir ortilgan "MAN" ag‘darilib ketdi

Hodisa kecha, 3-dekabr kuni soat 20:28 da “Qamchiq” dovonidan o‘tgan “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 197-kilometrida sodir bo‘lgan. “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan ko‘mir ortilgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilgan.

Voqea joyiga FVVning “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tezkorlik bilan yetib borib avtoxalokatga uchrab, turli darajada tan jarohati olgan haydovchi va uning sherigiga (ikkinchi haydovchi) o‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatildi. Malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jabrlanganlar Angren markaziy shifoxonasiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!