Qamashida 4 nafar "mulla" jazolandi

Qamashida 4 nafar "mulla" jazolandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud o‘tkazildi. Unda tumanda shar’iy nikohni belgilangan tartiblarga zid ravishda o‘qigan fuqarolar ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Nasafnews» ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, fuqarolarga noqonuniy shar’iy nikoh o‘qiganlar orasida ayol kishi ham bor. Ayol I.N. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddaasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarida jarimaga tortilgan. Yana bir fuqaro K.Q.ga (erkak) 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, shar’iy nikohni belgilangan tartiblarga zid ravishda o‘qigan yana ikki nafar erkak – M.M va X.T.ga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobarida jarima jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!