Qalin tuman Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi

Qalin tuman Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi

Ertalab soat 7:00 dan boshlab Toshkent aeroportida ob-havo sharoiti — tuman tushishi hamda ko‘rinish 100 metrgacha pasayib ketganligi sababli 10 dan ortiq reyslar kechiktirildi.

Turkiya havo yo‘llarining Istanbulga, “Uzbekistan Airvays” aviakompaniyasining Moskva, Bishkek, Dubay, Jidda, Frankfurt, Dushanbe va Sharm al-Shayx yo‘nalishlarida 10 dan ortiq parvozlari belgilangan vaqtidan kechiqib uchdi.

Ob-havo sharoiti soat 11 ga yaqin yaxshilandi. Aeroport reyslarni qabul qilish va jo‘natishni boshladi.

Ayni damda barcha kechiktirilgan reyslar «Toshkent» aeroportidan manzilga qarab uchib ketdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!