Qalbaki pasportlar bilan chet elga chiqishga uringan xorijiy fuqarolarga sud hukmi o‘qildi

Qalbaki pasportlar bilan chet elga chiqishga uringan xorijiy fuqarolarga sud hukmi o‘qildi

8 aprel kuni Shri-Lankaning 8 nafar fukarosi qalbaki Fransiya va Italiya pasportlari asosida Toshkent-London yo‘nalishi buyicha uchmoqchi bo‘lganida chegara nazorati xodimlari tomonidan to‘xtatilib, reysdan qoldirilgan.

Bu holat bo‘yicha tayinlangan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chet el fuqarolaridagi 2 ta Italiya va 6 ta Fransiya davlatining pasportlari qalbaki ekanligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan Toshkent aviasiya transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 223 (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov natijasiga ko‘ra, 8 nafar shaxslarga nisbatan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmi bilan sudlanuvchilarga tegishli jazolar tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!