Qabul-2020: 2 iyul kuni qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi?

Qabul-2020: 2 iyul kuni qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi?

2020 yil 2 iyul soat 18:00 holatiga respublika bo‘yicha jami 329 665 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 186 473 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, ta’lim shakli bo‘yicha:

▪️ kunduzgi – 215 879 nafar;

▪️ sirtqi – 108 762 nafar;

▪️ kechki – 5 024 nafar.

Hududlar miqyosida:

Toshkent shahri – 88 158 nafar;

Samarqand viloyati – 37 364 nafar;

Andijon viloyati – 33 128 nafar;

Farg‘ona viloyati – 23 052 nafar;

Surxondaryo viloyati – 21 436 nafar;

Qashqadaryo viloyati – 18 949 nafar;

Namangan viloyati – 18 860 nafar;

Toshkent viloyati – 18 575 nafar;

Jizzax viloyati – 14 174 nafar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 13 950 nafar;

Buxoro viloyati – 10 952 nafar;

Xorazm viloyati – 10 823 nafar;

Sirdaryo viloyati – 10 787 nafar;

Navoiy viloyati – 9457 nafar.

Tillar kesimida:

▪️ o‘zbek tilida – 288 121 nafar (87.4 %)

▪️ rus tilida – 33 499 (10,1 %)

▪️ qoraqalpoq tilida – 6 958 nafar (2.1 %)

▪️ boshqa tillarda – 1 087 nafar (0.4 %).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

▪️ Samarqand davlat universiteti – 21 120 nafar;

▪️ Andijon davlat universiteti – 18 604 nafar;

▪️ Toshkent davlat pedagogika universiteti – 13 124 nafar;

▪️ Termiz davlat universiteti – 12 895 nafar;

▪️ Namangan davlat universiteti – 12 643 nafar.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!