Putinning rejalarida Shols bilan uchrashish kiritilmagan

Putinning rejalarida Shols bilan uchrashish kiritilmagan

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jadvalida hozircha Germaniya kansleri Olaf Shols bilan telefon suhbatlari yo‘q, biroq Putin muloqot uchun ochiq, dedi Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Interfaks”ga.

"Hozircha kelishilgan telefon suhbatlari bo‘lgani yo‘q. Putin aloqalar uchun ochiqligicha qolmoqda", — dedi Peskov Sholsning Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqot qilishi haqidagi so‘zlarini izohlar ekan.

Avvalroq Tagesspiegel gazetasiga bergan intervyusida Germaniya kansleri Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqotni davom ettirishni muhim deb bilishini aytgandi.

Peskovning qayd etishicha, hozircha Berlindan bunday suhbat uchun hech qanday so‘rov kelib tushmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!