Putin, Zelenskiy va Tramp uchrashuvi tez orada bo‘lib o‘tadi

A A A
Putin, Zelenskiy va Tramp uchrashuvi tez orada bo‘lib o‘tadi

“Muzokara jarayonini o‘zim olib borishimga to‘g‘ri keladi”, dedi Tramp.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar yaqin orada bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari Bedminsterda (Nyu-Jersi) bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi.

AQSh prezidentining fikricha, Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi kuchli nafrat sabab uchrashuvda vositachilikni o‘zi olib borishiga to‘g‘ri keladi.

“Muzokara jarayonini o‘zim olib borishimga to‘g‘ri keladi. Ular bir-birini judayam yomon ko‘radi, shuning uchun bunga aralashishim zarur”, — deya ta’kidladi Tramp.

Tramp, shuningdek, uchrashuv formati hali ham muhokama qilinayotganini, biroq u albatta AQShning bevosita ishtirokida bo‘lib o‘tishini ta’kidladi. Prezident bo‘lajak maslahatlashuvlarning asosiy vazifasi Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish yo‘llarini izlash va mintaqada xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi yechimlarni ishlab chiqish bo‘lishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Trampni Eronga qarshi boshqa hujumlar uyushtirmaslikka chaqirdi

Бу ҳақда Axios нашри манбаларга таяниб хабар бермоқда.

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Rossiyada oltindan qimmat mineral topildi

Россиялик олимлар Хибин тоғ тизимидаги Киров конидан илгари фанга номаълум бўлган янги минерални аниқланган.

Prezident ta’tildan uyiga qaytayotganda avtohalokatga uchradi

Бу ҳақда президент девони маълум қилди.