Putin yadro quroli bilan tahdid qilayotganlarni ogohlantirdi

Putin yadro quroli bilan tahdid qilayotganlarni ogohlantirdi

G‘arbdan yadroviy shantaj boshlandi, dedi Vladimir Putin o‘z murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington, London, Bryussel Kiyevni harbiy amaliyotlarni Rossiya hududiga o‘tkazishga bevosita undamoqda.

“Mamlakatimizning hududiy yaxlitligiga tahdid tug‘ilganda biz Rossiya va xalqimizni himoya qilish uchun qo‘limizdagi barcha vositalarni ishga solamiz, bu blef emas”, — dedi Rossiya rahbari.

Rossiyani yadro quroli bilan shantaj qilmoqchi bo‘lganlar bilishi kerakki, shamol guli ularning foydasiga aylanishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!